Barcha jamoalarga yaxshi kayfiyat tilab bugungi oʻyinlarimizni boshlaymiz! Vikipediyada bu shaharning tashkil topgan yili 1477-yil ekanligi keltirilgan. Bugungi kunda bu shahar oʻz davlatining tekstil sohasi rivojlangan hududlaridan biri sanaladi. 1976-yil 1-aprelda sovet astranomlari tomonidan ochilgan 2206-sonli asteroidga uning nomi berilgan. “Ahmad-shaxmat” filmida bir bola bilan bogʻliq epizodda ham bu shahar tilga olingan. Qaysi shahar?