zakovatklubi.uz

Duplet jazirama issiqda mirgʻakkina maysalar ustida maroq bilan dam olsa boʻladigan soʻlim goʻshalarga bagʻishlanadi. 1-savol. 1965-yil ochiq kosmosga chiqqan kosmanavt Aleksey Leonov Markaziy Osiyodagi bu gidronimni tepadan kuzatar ekan "Yerning koʻzi" deb ataydi. Jungʻor xonligi davrida bu suv havzasi moʻgʻulcha Temirtunor koʻrinishida qayd etilgan. Diqqat savol: oʻsha gidronim nomini yozib bering. || Vohadagi bu hudud nomi etimologiyasi oʻtloqli degan maʼnoni beradi. Yozning issiq kunlarida bu hudud maroq bilan dam olish maskaniga aylanadi.‌‌ Bu hududga 1986-yil shaharcha maqomi berilgan. Diqqat savol: hudud nomini yozib bering.

Manba