Lotin tilidan rus va oʻzbek tillariga turli mansabdor shaxslar va hukmdorlarning nomlari oʻtib kelgan. Ba'zi nomlar yaqqol salbiy ma'no kasb etgan boʻlsa, ba'zilari oʻzgarishsiz qolgan — masalan, konsul. Qarshingizda miloddan avvalgi IV asrda Rimda hukmronlik qilgan konsullar roʻyxatidan parcha: mil. avv. 334-yil — Postumiy Albin, Veturiy Kalvin. mil. avv. 333-yil — (boʻsh joy) yili. mil. avv. 332-yil — Domitiy, Kalvin Korneliy, Koss Arvina II. Tushirib qoldirilgan soʻzni topishda sizga sartarosh va hukmdor haqidagi film yordam beradi.