Har bir davlat budjetni oʻzicha toʻldiradi. Ba'zilari energiya resurslari bilan savdo qiladi, boshqalari yuqori texnologiyalarni sotadi... Aholisi bor-yoʻgʻi oʻn ming kishidan iborat Polineziya davlati Tuvaluning omadi chopdi. Kanadaning Information Corp kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, mamlakat xazinasiga har yili 60 dan 100 million dollargacha mablagʻ tushadi. Bu sohada Tonga qirolligi, Nyu marjon atolli va hatto Turkmaniston ham Tuvaludan qolishmayapti. Bu davlatlar nima bilan savdo qiladi?