2002-yilda Tuvalu davlati BMTga qabul qilindi. Bu voqea ertaroq ham sodir boʻlishi mumkin edi, ammo toʻqqiz ming aholisi boʻlgan mamlakat 30 ming dollarni hech yigʻa olmadi. Ushbu kirish badalini ommaviy axborot vositalari sohasida ishlaydigan Kaliforniya kompaniyasi toʻlab berdi, u shuningdek, Tuvalu iqtisodiyotiga oʻn millionlab dollar sarmoya kiritmoqchi. Buning evaziga u oʻz maqsadlari uchun ikkita harfdan foydalanish huquqini oladi. Ushbu harflarni oldidagi belgi bilan birga yozing.