Yaqindan beri baʼzi kambagʻal davlatlarda oʻz byudjetini yaxshilab olish uchun ajoyib imkoniyat paydo boʻldi. Gʻayritabiiy tovar tufayli, masalan, Moldovaga tibbiyot kompaniyalari katta qiziqish bildirmoqda. Yaqinda bir media-korporatsiya bilan 50 million dollar miqdorida shartnoma imzolagan orol-davlat Tuvalu yanada koʻproq eʼtiborga sazovor boʻldi. Turkmanistonning esa ushbu tovar boʻyicha imkoniyatlari deyarli cheksiz. Ushbu gʻayritabiiy tovarni ayting.