"I love books" sayti oʻz tashrif buyuruvchilariga mashhur kitob asarlarini 25 ta soʻzda bayon qilishni taklif qildi. Mana nima hosil boʻldi: "Oʻta prinsipial ayol kelishgan va jozibali ofitserni sevib qoladi, oilasini tashlaydi, lekin uning istaklari poyezd gʻildiraklari ostida yoʻq boʻladi". Siz tushunganingizdek, bu L.N. Tolstoyning "Anna Karenina" asari. Mana yana bir asar: "(Soʻz tushirib qoldirilgan) rus (soʻz tushirib qoldirilgan) Moskvaga borishni niyat qilishadi, bu haqda tinmay gapirishadi, lekin hech qayerga ketishmaydi". Tushirib qoldirilgan soʻzlarni tiklang.