Ushbu masalada vinoning tarkibida H2O borligi hisobga olinmaydi, vino va suv — ikki xil, yaxshi aralashadigan suyuqlik deb qaraladi. Ikki litrli bankada suv va 0,7 litrli shishada vino bor. Bir osh qoshiq vinoni suvli bankaga quyamiz. Aralashtiramiz. Soʻngra oʻsha qoshiq bilan aralashmadan olib, vino shishasiga quyamiz. Savolga javob bering: ushbu amallardan soʻng bankadagi suvga koʻproq vino qoʻshildimi yoki shishadagi vinoga koʻproq suvmi?