Tajribali vinochilar yaxshi bilishadiki, shishada yotgan holda saqlangan vino, tik turgan shishadagi vinodan ancha yaxshiroq boʻladi. Shuning uchun uzoq muddatli saqlashda vino shishalari doimo maxsus stelajlarda yonboshlab qoʻyiladi. Sifatdagi bunday farqning sababi nimada?
Agar shisha yotgan boʻlsa, vino tiqinni namlaydi va u qurib qolmaydi. Agar shisha tik tursa, tiqin qurib qoladi, shishaga havo kiradi va vino achib qoladi.