Gap yana rus yozuvchisi va shoiri haqida boradi. Bir safar savol muallifi mashhur asarlar uchun qilingan hazilomuz muqovalarga duch keldi. Masalan, "Tinch Don" uchun don Korleone tasviri tushirilgan muqova, "Yevgeniy Onegin" uchun esa bar peshtaxtasi va inglizcha "Eugene! One gin!" sarlavhali muqova qilingan edi. Shunga oʻxshash hazilomuz muqovada muallif koʻplab simlar va mikrosxemalar bir butun qilib birlashtirilganini koʻrgan boʻlsa, u qaysi yozuvchining kitobi edi?