Bu soʻz arabchadan olingan boʻlib, eng fozil, eng fazilatli maʼnosiga ega. Oʻzbek tilida esa yaxshi, aʼlo, ortiq maʼnolarida qoʻllanadi. Bu soʻz qatnashgan ibora esa aʼlo hisoblamoq, ortiq deb bilmoq maʼnolarini anglatadi. Savol: Unlilari bir xil boʻlgan bu soʻzni yozib bering. || Bu soʻz oʻzbek tiliga forschadan kirib kelgan boʻlib, ish quroli degan maʼnoni bildiradi. Oʻzbek tilida ot-ulovni minish yoki aravaga qoʻshish uchun zarur boʻladigan asboblar majmui degan maʼnoda ishlatiladi. Savol: Unlilari bir xil boʻlgan bu soʻzni yozib bering.