Bu modda 1863-yilda Yulius Villebrand tomonidan sintezlangan boʻlib, 1891-yildan boshlab Germaniyada keng ishlab chiqarilda boshlagan. Tarqatma materialda esa uning ayrim xususiyatlari "fire diamond" yaʼni "olov olmos" standartida taqdim qilindigan. Sxemaga koʻra eng yuqori ball 4 ball boʻlib, koʻk rang sogʻliq uchun zararlilikni, qizil rang olovlanish xavfini, sariq rang esa beqarorlik darajasini yoxud reaksiyaga kirishish qobiliyatini ifodalaydi. vsenovostint.ru sayti ushbu modda bilan bir xil nomga ega rok guruhini yaxshi maʼnoda "musiqiy terrorchilar" deya ataydi. Diqqat savol: rok guruhi nomini 6 harfda yozib berinng. || 1997-yilda Media-Most holdinggi tarkibida asos solingan telekanal asosan teleshou va komediyaviy seriallarni taqdim qiladi. Shu bilan birga "Comedy Club Production" va "Good Story Media" kabi kompaniyalar egasi hisoblanadi. Diqqat savol: telekanal nomini abbreviatura bilan yozib bering.