Ushbu moddaning kashf etilishi uchun 1996-yilda Nobel mukofoti berilgan. Kashfiyot inglizlar va amerikaliklardan iborat aralash guruh tomonidan amalga oshirilgani sababli, ular ushbu modda uchun yaqqol koʻrinib turgan nom borasida kelisha olishmadi. Natijada unga mutlaqo begona odam — meʼmorning ismi berildi. Nom ustidagi bahsda inglizlar bir soʻzdan, amerikaliklar esa boshqa soʻzdan kelib chiqqan nomni yoqlashdi. Har ikkala soʻzni ixtiyoriy tartibda ayting.