Maʼlumotlarga koʻra bu materialni dastlab 1968-yilda Germaniyada kashf etishgan. Yuqori texnologik, qurilish hamda qoplamali kompozit material hisoblanadi yaʼni tabiiy va tabiatda uchramaydigan ikki xomashyoning oʻzaro birikishidan hosil qilinadi. Yana ham aniqroq aytadigan boʻlsak, material - qalinligi 0,5 mm gacha boʻlgan ikkita oldindan boʻyalgan alyuminiy plitalardan iborat boʻlib, ular orasida oʻrta qatlam – poliolefinlar asosidagi polimer kompozitsiyasidan tashkil topgan. Material nomi – ilk bor 1960-yillarda suratga olingan kino personaji nomiga oʻxshash. Shuning uchun, hazilkash marketologlar materialni reklama qilishda personajning juda mashxur iqtibosidan matn sifatida foydalanishgan. Diqqat savol: Siz ham material nomini iqtibosni ishlatgan holda 3ta soʻzda yozib bering.