zakovatklubi.uz

(Boshlovchiga: Dupletning ikkinchi savoliga javobni berilgan havola orqali topib, 0:30 soniyadan qoʻyib eshittirsa maqsadga muvofiq boʻladi) Diqqat, savol matnidagi 1 soʻzga bir nechta harf qoʻshilgan. Bu serqirra inson “Farhod va Shirin” spektaklida Farhod, “Toxir va Zuxra”da Toxir rollarini ijro etgan. U haqida gap ketganda soha mutaxassislari “maqomga iftixor bilan kirib kelgan” deyishadi. Uning otasi Niyoziy taxallusi bilan ijod qilgan madrasa mudarrisi edi. Savol: harflar qoʻshilgan soʻzni aslicha yozib bering. || Siz katta ehtimol bilan koʻp bora eshitgan bu oʻziga xos nasihatda nafsga qul boʻlib, kaklik kabi halokatga uchramaslik, sabrli boʻlish, nomardlardan uzoqroq yurish, tilga ehtiyot boʻlish kabi oʻgitlar aytiladi. Shuningdek, ushbu nasihatda oʻziga xos roʻyxat ham sanalgan boʻlib, unda izzat, ulfat, ustoz, xalq yodi ketma-ket tilga olinadi. Savol: ushbu nasihatdagi roʻyxatning eng avvalida nima yodga olingan?

Manba