zakovatklubi.uz

Duplet savollari Erkin Vohidov sheʼrlari asosida tuzilgan. Erkin Vohidov qalamiga mansub toʻrt satrni tinglang: Yurtim, olis yoʻlga chiqqan karvoning bor, Karvoningga posbon uygʻoq sarboning bor, El dardida halovatsiz oʻgʻloning bor, Shu insonga otilgan oʻq menga tegsin. Ushbu sheʼrning nomini bitta 2 xonali va bitta 4 xonali sonlarni ishlatgan holda yozib bering. || Erkin Vohidovning sheʼridan quyidagi satrlarni tinglang: Ikkala quloq bilan Eshitib ol soʻzimni. Senga nasihat qildim Yaqin olib oʻzimni. Rostin aytsam, bizda ham Kasb shu, koʻngling boʻlsin toʻq. Gogolning "Shinel"iga Qoʻl solmagan shoir yoʻq... Savol: ushbu sheʼrda Gogolning "Shinel"i soʻzlari bilan almashtirilgan ikkita soʻzni yozib bering

Manba