zakovatklubi.uz

Diqqat qiling savol matnidagi bir soʻzda harflar tushurib qoldirilgan. Qoʻqon shahri va uning atrofidagi qishloqlarda dehqonchilik bilan bogʻliq qiziq urf-odatlar boʻlgan ekan. Jumladan, dala yumushlari boshlanishidan avval dehqonlar Rishtondagi Hizr buva mozorini ziyorat kilishga boradilar. Ziyoratga kelganlar oʻzlari bilan ozgina bugʻdoy yoki arpa, arqon, pul, suv va XATni maqbara oldiga qoʻyadilar. Bu bilan dehqonlar kelayotgan yilda don-dunimiz barakali boʻlsin, supramiz doimo unga toʻlsin, chorvamiz koʻpaysin deb niyat qiladilar. XAT esa yil davomida yer hosildor boʻlib, yetilib turish niyatini bildirgan. Savol: savol tushurib qoldirilgan harflarni tiklab, soʻzni asl holida yozib bering

Manba