Blits. Blits mavzusi “3 tana muammosi” serialida eslab oʻtilgan olimlar haqida. Eslatma, javoblarni topishingiz uchun serialni koʻrishingiz shart emas. 1. Serialda qahramonlardan biri, olam markazi boʻlgan quyosh harakatini aniqlab, sivilizatsiyalarni saqlab qolishi kerak edi. Savol: Qahramon Krakov universitetida oʻqigan qaysi inson nomi bilan ataladi? || Serialda qahramonlardan biri, quyosh harakati muammosini jonli kompyuter orqali hal qilishga harakat qiladi. Savol: Uni XX asr boshlarida Vesministerda tugʻilgan qaysi inson nomi bilan atashadi? || Epizodlardan birida, osmonda yulduzlar pirpiraydi va qandaydir xabarlarni insonlarga yetkazayotganday boʻladi. Savol: Bu vaqtda qahramonlar XVIII asr oxirida Bostonda tugʻilgan kimni eslab oʻtishadi?