Blits. Har biri 20 soniyadan muhokama qilinadigan uchta savol. Blitsning birinchi savoli: Aleksey Varlamov romanining oshiq qahramoni uchi oʻtkir tomli va uzun devorli olis rus shaharchasi uzra parvoz qilishni orzu qiladi. Savol matnida nimani tushirib qoldirdik? Blitsning ikkinchi savoli: Artur Morgan yozishicha, mashhur asar qahramoni real sayyoh boʻlib, u yaqinda kashf etilgan Yangi Dunyoga yoʻl olgan va qaytib kelgach, muallifga inklar jamiyatining ideal tuzilishi haqida maʼlumot bergan. Ushbu muallifning familiyasini yozing. Blitsning uchinchi savoli: Viktoriya Markova aytishicha, mashhur rassomning ona shahrida uning asarlari juda kam, chunki asosiy buyurtmachilar Yevropa boʻylab grand-turga chiqqan inglizlar boʻlgan. Ushbu rassom familiyasining dastlabki beshta harfini yozing.