Blits 1. ALFA 1005-yilda asos solingan shahar boʻlib, nomi bir sovet filmida bosh qahramonlardan birining roʻyxatidan joy olgan. Savol. ALFA nomini ayting. 2. Asosan bir yirik hayvon nomi bilan ataluvchi bu yulduz turkumi koʻrinishidan BETTA ga oʻxshab ketadi. Bir sovet davrida suratga olingan oʻzbek filmida bosh qahramonlardan biri undan "dushmani"ni qoʻrqitmoqchi boʻlib ishlatgan. Savol. BETTA ni ayting 3. Har qancha urinmasin, tuzgan savollaridan koʻngli toʻlmagan savol muallifi bir iborani eslab qoʻydi. Savol. Blits savolligini unutmagan holda, iborani yozib bering.