zakovatklubi.uz

Bilmasangiz Saidkamol Abdurazzoqovdan soʻrang! Duplet. Tarqatma. (OJM – ABXY) 1) (γ) Gammaning muallifi – janubiy koreyalik Xvan Don Xyok hisoblanadi. Qoʻlingizdagi 3 (uch) harf esa koreyscha Gammaning lotinlashtirilgan initsiallaridir. Shuningdek, bu harflar «xangil» koreys alifbosida maʼlum bir belgilarni ifodalaydi. Zero, belgilar - Gammaning maydoni hamda tashrif qogʻozidir! Bundan tashqari, ushbu belgilarni – chumolilar koloniyasidagi kabi ishchilar, askarlar va boshqaruvchilar darajasiga ajratilgan Gammaning qorovullari ierarxiyasida ham koʻrishingiz mumkin. Diqqat savol: Gamma nima ekanligini topgan holda, uning 3ta belgisini chizib bering. || 2) (π) Pining muallifi – yaponiyalik Teyu Goto hisoblanadi. Qoʻlingizdagi 4 (toʻrt) harf esa Pining raqobatchilariga tegishli belgilardir. Pi esa ayni raqobatchilardan ajratlib turish uchun Ularni oʻzgacha dizayndagisiga almashtirgan. Va bu belgilar – hanuzgacha oʻzgarmasdan, oʻz yoʻnalishidagi eng muvaffaqiyatli dizayn qarorlaridan biri boʻlgan, original belgilarga ega Pining tashrif qogʻoziga aylangan! Bundan tashqari, bu belgilar ham maʼlum bir maʼnolarni bildiradi. A - yoʻnalishni, B - qogʻoz yoki hujjatni, X va Y esa – mos ravishda "ha" va "yoʻq" degan maʼnoni anglatadi hamda qarorlar qabul qilishda ishlatiladi. Diqqat savol: Pi nima ekanligini topgan holda, uning 4ta belgisini chizib bering.

Manba