zakovatklubi.uz

Tarqatma material! Alfa gʻoyasi London koʻchalaridan birida er-xotin svetoforda toʻxtab turishganda paydo boʻlgan. Sizga alfani topish uchun 20 soniya vaqt beramiz. Javobni topa olmasangiz bu siz uchun yoʻqotish boʻladi. Savol: Alfani sifat qatnashtirgan holda 2 soʻzda yozib bering? || Betta gʻoyasi London koʻchalaridan birida er xotin svetoforda toʻxtab turishganda paydo bolgan. Bettani topish uchun 3 soniya vaqt berishni istar edik, ammo sizda 20 soniya bor. Bettani topa olmasangiz bu siz uchun shunchaki ogohlantirish boʻlishi mumkin. Savol: Bettani sifat qatnashtirgan holda 2 soʻzda yozib bering? || Italiyalik Kristiano Galano Gammaning ilk sohibi hisoblanadi. Gamma yuqoridagilardan farqli ravishda halollik uchun beriladigan “mukofot”. Savol: gammani sifat qatnashtirgan holda 2 soʻzda yozib bering?

Manba