Asli kasbi oʻqituvchilik boʻlgan bu ijodkor dastlab 1989 yilgi tanlovda sovrindor oʻrinni egallaganidan keyin odamlarning «ataladan suyak chiqipti» degan gapini kesatiqmi yoki ijobiy eʼtirofmi tushunolmaganini aytadi. Oradan shuncha yil oʻtgani, yoshi oʻtib ustoz darajasiga yetgan boʻlishiga qaramasdan turib-turib oʻsha dastlabki chiqishidagi gapni unutolmasligini bildirib oʻtgan. Bu insonning bir xil harflar bilan boshlanadigan ism-familiyasini yozib bering.