zakovatklubi.uz

Diqqat, savol matnida ikki oʻrindagi soʻzlar ALFA va BETTA bilan almashgan. Filolog Shotursun Shomaqsudov: “ALFAdan BETTA chiqibdi!” iborasi haqida toʻxtalar ekan, odatda, ALFAga goʻsht solinmasligi, goʻsht solinmagach undan BETTA chiqmasligini aytadi. Bu iboraning majoziy maʼnosi ziqna, xasis odamdan bir sahovatli ish chiqib qolsa yoxud hech narsani bilmaydigan odamdan biror aqlli gap chiqib qolsa taajjublanishdan aytiladigan ibora ekanini taʼkidlaydi. ALFA oʻzbek va tojik oshxonasi taomi boʻlib, bu ibora esa “Kesakdan oʻt chiqibdi” iborasiga sinonim hisoblanadi. Savol: iborani original variantda yozib bering.

Manba