Arabcha "dar as-sinaa" (ishlab chiqarish uyi) iborasidan italyan tilida ikki so‘z kelib chiqqan: arsenale — "arsenal" va darsena — "dok, kema qurish joyi". Arabcha so‘zning ikki xil ko‘rinishda saqlanib qolishi ushbu so‘zlarning adabiy italyan tiliga ikki xil italyan lahjasi orqali kirib kelgani bilan izohlanadi. Ushbu lahjalarni topish uchun italyan dialektologiyasini bilishingiz shart emas. Ularni ayting.