80-yillarning boshida Yaponiyaga "General Motors" firmasining menejerlari va muhandislari guruhi tashrif buyurdi. Mehmonlar Amerikaning "Buick" rusumli avtomobillarini olib kelib, Yaponiyada sotadigan savdo kompaniyasida boʻlishdi. Ushbu kompaniya tomonidan qurilgan ulkan zavod amerikaliklarda hayrat va uyat hissini uygʻotdi. Bu zavod nima uchun moʻljallangan edi?
U yerda Amerika yigʻuvining sifati oʻta pastligi sababli avtomobillar qismlarga ajratilib, qaytadan yigʻilardi.