Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchilari, birinchi navbatda, bozorni oʻz mahsulotlari bilan toʻldirib yuborgan Yaponiya kompaniyalari bilan kurashishga majbur boʻlmoqdalar. "General Motors" vitse-prezidenti Lloyd Roysning gapi vaziyatni juda aniq xarakterlaydi: "Yaxshi yangilik shundaki, Shimoliy Amerika dunyodagi foyda olish imkoniyati mavjud boʻlgan yagona avtomobil bozoridir. Yomon yangilik shundaki...". Ushbu fikrni davom ettiring.
"... bu yaxshi yangilikdan mutlaqo hamma xabardor".