Yaqinda Amerika mikrobiologiya jamiyati ularning 68 tasini maxsus tadqiqotdan oʻtkazdi, natijada beshtasida mutlaqo sogʻlom odamlar organizmida baʼzi dorilarga chidamlilikni keltirib chiqaradigan bakteriya, 59 tasida odatda shifoxonalarda tarqalgan viruslar topildi va faqat toʻrttasi "toza" boʻlib chiqdi. Ekspert Piter Enderning fikricha, bu natijalar tadqiqot obyektlarini vaqti-vaqti bilan nafaqat (bu yerda men toʻgʻridan-toʻgʻri maʼnoda ishlatilgan feʼlni qasddan tushirib qoldiryapman), balki yuvib turish kerakligini ham tasdiqlaydi. Ushbu tadqiqot obyekti nima edi?