Maʼlumki, dorilar salomatlikni tiklash va hatto insonlar hayotini saqlab qolish uchun yaratiladi. Ularning orasida "hayot dushmanlari"ga oʻrin yoʻqdek tuyuladi. Biroq, maʼlum boʻlishicha, unday emas. Gap nima haqida ketmoqda?
Antibiotiklar haqida. "Anti" — yunoncha qarshi, "bios" — hayot degani. Antibiotiklar mikroblarning murosasiz dushmanlari boʻlib, ular ham zararli viruslarni, ham foydali bakteriyalarni farqlamasdan yoʻq qiladi.