"Discover" jurnalidagi ushbu kasallik haqidagi maqolada uning qurbonlari soni millionlab ekani aytiladi. Sabablari nomaʼlum. Kasallanganlarda immunitet pasayishi, bosh kompyuter tomografiyasida — qisqa muddatli hid bilish xotirasi va fazoda moʻljal olish uchun masʼul sohalarning kichrayishi kuzatiladi. Koʻpincha soʻnggi bosqichda kasallanganlar shunchaki oʻz UYiga qayta olmaydilar. 2008-yil iyun oyida AQSH Kongressi ushbu kasallikka qarshi kurash uchun 100 million dollar ajratdi. Darhaqiqat, agar ishlar shu tarzda davom etsa, koʻpchilikka shirin boʻlmaydi. Endi ayting-chi, ushbu maqolada biz qaysi soʻzni "UY" soʻzi bilan almashtirdik?