Lotin Amerikasi davlatlaridan birining reklama roligi shiori — "Hamma narsaning oʻz narxi bor". Videoda tovar narxining uning xususiyatlariga qarab oʻzgarishi koʻrsatilgan. Masalan: choyshab — 50 dollar; xuddi shu choyshab mashhur filmda suratga tushgan boʻlsa — 1000 dollar; xuddi shu choyshab mashhur pornofilmda suratga tushgan boʻlsa — 5 dollar. Rolikka koʻra, qaysi xususiyat Amerika bayrogʻining narxini keskin tushirib yuboradi?