AQSHda oddiy pochta markasi hozirda 33 sent turadi. Bir safar amerikalik iqtisodchidan uning narxini bir necha sentga tushirish mumkinmi deb soʻrashdi. "Muammo yoʻq, — deb javob berdi u. — Marka koʻpi bilan besh sent turishi mumkin". Suhbatdoshining bu pochta uchun moliyaviy jihatdan imkonsiz boʻlishi haqidagi eʼtiroziga u, hamma gap markada nima tasvirlanganida ekanligini aytdi. Xoʻsh, marka shunchalik keskin arzonlashishi uchun unda nima tasvirlangan boʻlishi kerak?
Reklama, uning uchun tabiiyki isteʼmolchi emas, balki reklama beruvchi toʻlaydi.