gotquestions.online

ULARNI pishirish retseptini tinglang: "Yogʻsiz xamirturushli xamirni tasma shaklida yoyib, 40 ta teng qismga boʻling. Har bir xamir boʻlagini uzunligi taxminan 15 santimetr boʻlgan tasma shaklida yoyib, tugun qilib "bogʻlang", bir uchiga kalla shaklini bering, ikkinchi uchini esa biroz yassilab, quyruqcha shaklida bir nechta kesiklar qiling. Mayiz boʻlaklaridan koʻzlar yasang. Duhovkaga qoʻyishdan oldin yogʻ yoki quyuq shirin choy surting, 180-200 daraja haroratda taxminan 20 daqiqa pishiring. Tayyor boʻlgan ULARNI patnisdan olib, yogʻoch yuzaga qoʻying, suv seping va sochiq bilan yoping". Orangizda kimdir ULAR tilga olingan qisqa, ammo qizgʻin bahsni hali eslasa kerak. ULARNI ayting.

Manba