Oldingizda 4 ta xitoy iyeroglifi turibdi: sze, dao, sha, jen. Mos ravishda: qarzga olmoq, pichoq, o‘ldirmoq, inson. Ushbu xitoy stratagemasining mohiyatini topish uchun mantiqiy tarjima qilishga harakat qiling. Mohiyatini topgach, Stalin, komissar Berlax yoki "Brilliant qo‘l" filmidagi "Shef" kabi yo‘l tutadigan kishi uchun bunday vaziyatda eng mos keladigan yuridik terminni aniqlang.