gotquestions.online

Bahrayn poytaxtida SHUNGA bagʻishlangan haykal bor. SHUNI qazib olish oʻtgan asrning 30-yillari boshigacha Fors koʻrfazi mamlakatlarining asosiy daromad manbai boʻlib kelgan. Arablar SHUNI deyarli yuzta belgisiga koʻra — hajmi (eng qadrlisi "falah" — bosh barmoq tirnogʻidek keladigani), rangi va hokazolarga qarab ajratishgan. Ammo Arabistonda BU hech qachon taqilmagan va bezaklarda ishlatilmagan. Hammasi Hindistonga eksport qilingan, u yerdan esa dunyoga tarqalgan. Aytgancha, shuning uchun Rossiyada BU "hindniki" deb atalgan. SHUNI ayting.

Manba