Firaun Tutanxamonda BU narsa oltindan yasalgan edi. Balki shuning uchun ham BU narsa uning maqbarasidan topilgan va bir necha ming yildan keyin ham oʻzining toʻgʻridan-toʻgʻri vazifasi boʻyicha ishlatish mumkin boʻlgan yagona buyum boʻlib chiqdi. Qizigʻi shundaki, Tutanxamonning oʻzi BUNI ishlatgan boʻlsa ham, hozirgi vaqtda koʻpchilik odamlar ishlatadiganidek ishlatmagan. Xoʻsh, BU nima?
Ustar (britva). U bilan, katta ehtimol bilan, boshini qirgan, chunki "bola-firaun"ning soqoli chiqishi dargumon edi.