Blits (har biri 20 soniyadan 3 ta savol): a) Deyl Karnegi lord Morlining shunday soʻzlarini keltiradi: "Nutqda uchta narsa muhim: kim gapirayotgani, qanday gapirayotgani va nima gapirayotgani. Va shu uchta narsadan eng kam ahamiyatga egasi..." Qaysi biri? b) 1948-yilgi Oq Olimpiadada italiyalik chanogʻchi Nino Biobiya 7 ta poygada 5 daqiqa-yu 27 soniya natija koʻrsatib, oʻz mamlakati uchun birinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi. Uning tugʻilgan shahri meri sportchiga har bir daqiqa uchun bittadan, jami 5 yashik vino sovgʻa qilinishini eʼlon qildi. Bunga javoban Biobiya: "Xudoga shukr qilingki, men..." dedi. Mer Xudoga nima uchun shukr qilishi kerak edi? v) Bir safar Anatol Fransdan nima uchun 35 yoshli ayol xuddi shu yoshdagi erkakdan yoshroq koʻrinmasligini soʻrashdi. Yozuvchi nima deb javob bergan?
a) "nima gapirayotgani". b) "Xudoga shukr qilingki, men changʻichi emasman". v) Chunki u, odatda, haqiqatan ham yoshroq emas (kattaroq).