[Boshlovchiga: A) Blitsni "Blits. 20 soniyadan uchta savol. Birinchi savol" soʻzlari bilan boshlang. B) Birinchi savol vaqti tugagach: "20 soniya, ikkinchi savol" deb ayting. V) Ikkinchi savol vaqti tugagach: "40 soniya, uchinchi savol" deb ayting. G) Uchinchi savol vaqti tugagach: "Bir daqiqa, javoblaringizni topshiring" deb ayting.] Blits. 20 soniyadan uchta savol. 1. Bir kilometr balandlikdan sakrash vaqtida parashyuti ochilmay qolgan norvegiyalik sportchi haqidagi film nomida ULAR bor. ULARNI ayting. 2. 2012-yilda aholisi qariyb 48 million kishini tashkil etuvchi JARda 740 mingga yaqin oʻz joniga qasd qilish holati yuz bergan. Oʻz joniga qasd qilish statistikasi haqidagi maqola nomida ULAR tilga olinadi. ULARNI ayting. 3. Dastlab dengiz mili U orqali aniqlangan. UNI ayting.