Blits. 30 soniyadan 2 ta savol. 1. 20-yillarda bir ziyofatda yosh ayol prezident Kulidjning yoniga borib: "Oh, janob prezident... Men dugonam bilan sizni ikkitadan ortiq soʻz aytishga majbur qila olishim haqida garov boylashdim", deydi. Kulidjning aynan ikki soʻzdan iborat javobini imkon qadar aniq qaytaring. 2. Natan Rotshild bir safar ijaraga olingan ekipaj xizmatidan foydalanib, aravakashga juda kam choychaqa beradi. Aravakash: "Kechirasiz, janob Rotshild, lekin qizingiz Djuliya menga koʻproq choychaqa beradi", deydi. Rotshild bunga javoban: "Unga yaxshi — unda..." deb gʻuldiraydi. Fikrni yakunlang.
1. "Siz yutqazdingiz". Qabul qilinadi: "U yutdi". 2. Boy ota bor.