Gruziya — Angliya 5:1 ... Shunday boʻlishi ham mumkinmi?! Futbol oʻyinida bunday hisob boʻlishi dargumon, ammo 2004-yil boshida sodir boʻlgan, futbolga mutlaqo aloqasi boʻlmagan (va umuman sportga oid boʻlmagan) voqea natijasida ushbu futbol terma jamoalari uchrashuvida bunday "hisob"ni qayd etish mumkin edi. Faqat bu gollar soni emas, balki... Nimaning hisobi boʻladi? Bir xil harf bilan boshlanadigan ikki soʻz bilan javob bering.