gotquestions.online

[Boshlovchiga: Blitsda uchta savol bor. Har biriga jamoalarga 20 soniya vaqt beriladi. Javoblar uchinchi savol muhokamasi tugagach, bitta blankada topshiriladi. Uchala savolning toʻgʻri javobi blankalar yigʻib olingach eʼlon qilinadi. "Blits. Uchta savol, har biriga 20 soniyadan" degan soʻzlarni oʻqish kerak.] Blits. Uchta savol, har biriga 20 soniyadan. 1. "Oʻz qoʻllarim bilan" forumi ishtirokchisi aslida eski jemper yenglari, strazlar va rezinadan foydalangan. Shunga qaramay, u oʻz yasagan narsasini "BOʻSHLIQ" deb atadi. Boʻshliqni uchta soʻz bilan toʻldiring. 2. "Qoldiqlari shirin" guruhi ishtirokchisi aslida tuxum, koʻk piyoz, pomidor va yana bir necha masalliqlardan foydalangan. Shunga qaramay, u tayyorlagan narsasini "BOʻSHLIQ" deb atadi. Boʻshliqni uchta soʻz bilan toʻldiring. 3. "Oilaviy hayot" blogi boshlovchisi maslahat beradi: "BOʻSHLIQ" qilish uchun, avvalo erkakka uning oʻtmishda qilgan xatolarini eslating. Boʻshliqni uchta soʻz bilan toʻldiring.

Manba