gotquestions.online

[Boshlovchiga koʻrsatma: dastlabki ikki savolni odatdagidan sekinroq surʼatda, soʻzlar orasida kichik tanaffuslar qilib oʻqing, uchinchi savolni esa, aksincha, odatdagidan tezroq surʼatda oʻqing.] Blits. Har biriga 20 soniyadan muhokama vaqti beriladigan uchta savol, javoblar bitta blankada topshiriladi. 1. “London U” — 1940 va 1941-yillarda fashistlar Germaniyasi tomonidan oʻtkazilgan operatsiya nomi. Operatsiya toʻsatdan boshlanib, 57 kecha davomida Londonni ommaviy va toʻxtovsiz bombardimon qilgani uchun shunday nomlangan. UNI qisqa soʻz bilan ayting. 2. 16 ochko toʻplagan holda, taniqli norvegiyalik 2023-yilda UNING boʻyicha jahon chempionligini himoya qildi. UNI ayting. 3. Togʻli hududda oʻyinchiga erkin drift kafolatlanadigan telefon oʻyinining nomini oʻzbekchaga, masalan, SHUNDAY tarjima qilish mumkin. Aynan qandayligini uchta soʻz bilan ayting.

Manba