Indoneziyaning Sungai Prasir Putih qishlogʻida ikki jamoa futbol oʻynayotganida, maydonga toʻsatdan yovvoyi toʻngʻizlar bostirib kirib, maydonni payhon qildi va besh nafar oʻyinchini jarohatladi. Oʻyin mezbonlar foydasiga 2:0 hisobi bilan toʻxtatildi. Biroq, keyinchalik futbol federatsiyasi oʻyin natijasini mehmonlar foydasiga 4:0 deb hisoblash haqida qaror qabul qildi. Mezbonlar barcha hodisalar, hatto oʻz toʻngʻizlari uchun ham javobgar ekanligi tushunarli. Ammo nima uchun mehmonlarga aynan ular urmagan 4 ta gol yozildi?