Indoneziyaning Babakan shahrida mana 200 yildirki, mahalliy oʻrta maktab bitiruvchilarining futbol oʻyinlari oʻtkazib kelinadi. Biroq, oddiy futboldan bir qancha farqlari bor. Birinchidan, ular yalangoyoq oʻynashadi, ikkinchidan, koptok vazifasini kokos yongʻogʻi bajaradi, uchinchidan, oʻyin tunda boʻlib oʻtadi, toʻrtinchidan esa... Ayting-chi, bu oʻyindagi eng gʻayritabiiy narsa nima?
Yongʻoq neftga botirib olinadi va unga oʻt qoʻyiladi