1983-yilda sovet qiruvchi samolyotlari Janubiy Koreyaning "Boing"ini urib tushirganda, amerikaliklar qoʻliga rus uchuvchilarining suhbat yozuvi tushib qoladi. Amerikaliklarda bir iboraning tarjimasi bilan muammo tugʻiladi. Tarjimonlardan biri uni "yo xudo" deb tarjima qilish kerakligini aytsa, ikkinchisi bu ibora "onangni..." soʻkinishiga oʻxshashligini taxmin qiladi, uchinchisi esa qandaydir daraxtlar nazarda tutilgan deb hisoblaydi. Ular qaysi iborani tarjima qilishga urinishgan?