Aytishlaricha, 1960-yillarda Arizonada, navaxo qabilasi rezervatsiyasi hududida maxsus mashgʻulotlar oʻtkazilgan. Ularni kuzatib turgan keksa indeys mashgʻulot ishtirokchilari borishi kerak boʻlgan joy aholisiga xabar yubormoqchi boʻlib, magnitofonga navaxo tilida xat yozdirgan. Tarjima mashgʻulot tashkilotchilarini hayratda qoldirgan: "Birodarlar, bu odamlarga toʻrt koʻz bilan qarang — ular sizning yerlaringizni tortib olishga kelishdi". Xoʻsh, ushbu mashgʻulot ishtirokchilari qayerga yoʻl olishgan edi?