Radiomuloqotlarning maxfiyligi muammosini hal qilishga urinib, aloqachi kapitan Harper Amerika chokto hindulari tili dunyodagi eng kam maʼlum boʻlgan tillardan biri ekanligini esladi va 1918-yilda ushbu qabila hindularini topib, shtablarga joylashtirishni taklif qildi. Shu paytdan boshlab barcha maxfiy muzokaralar chokto tilida olib borildi. Germaniya razvedkasi boshi berk koʻchaga kirib qoldi.