Gazetalarda, maʼlumki, tez-tez imloviy xatolar uchrab turadi. Sovet davrida baʼzi xatolar ularga yoʻl qoʻyganlar uchun qimmatga tushishi mumkin edi. Masalan, 1943-yilda Turkmaniston KP(b) Krasnovodsk viloyat qoʻmitasining organi boʻlgan "Kommunist" gazetasining birgina sonida kamida ikkita xato aksilinqilobiy deb topilgan. Biz sizdan "bosh qoʻmondon" (glavnokomanduyushiy) soʻzida qanday xato boʻlganini soʻramaymiz. Faqat ayting-chi, ushbu gazetada "Stalingrad" soʻzi qanday bosilgan edi?