1601-yilda italiyalik Matteo Richchi Xitoy imperatori saroyiga kelib, unga dunyo atlasi, bong uradigan soat va yana ikkita sovgʻa taqdim etadi. Soat xitoyliklarni shunchalik hayratda qoldiradiki, keyinchalik Matteo Richchi xitoylik buddistlar tomonidan boddhisatva sifatida ilohiylashtiriladi va hozirgacha xitoylik soatsozlarning homiysi hisoblanadi. Agar u buni bilsa edi, nafaqat xursand boʻlmasdi, balki gʻazabga kelardi. U imperatorga taqdim etgan, biz nomini aytmagan ikki sovgʻadan kamida bittasini ayting.