Taxminan 3000 yillar avval hozirgi Vyetnam hududidan Xitoy poytaxtiga kelgan elchilarni xitoyliklar yaxshi kutib olib, sovgʻa salomlar bilan kuzatib qoʻyishgan. Ammo koʻp oʻtmay elchilar bir sabab tufayli yana qaytib kelgan va xitoyliklar ularga “Chinana”, yaʼni oʻng qoʻli oldinga choʻzilgan yogʻoch odam oʻrnatilgan aravachani berishgan. Savol: Bu aravacha nima vazifani bajargan?